2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 20 iyul sanasidan 20 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Davlat test markazi rahbari Majid Karimov 2020-2021 o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etadi.
“15 iyul kuni 00.00da hujjatlar qabuli to‘xtatiladi. So‘ngra hujjatlarni guruhlash, abituriyentlarga imtihonga kirish uchun ruxsatnoma tayyorlash jarayonlari amalga oshiriladi. Abituriyentlar ruxsatnomani Davlat test markazining rasmiy saytida (dtm.uz) olishlari mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomani olish tartibi bo‘yicha roliklar orqali ma’lumot berish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat qabul komissiyasiga ko‘ra, kirish imtihonlarini 25 iyuldan boshlash va 20 avgustgacha davom ettirish rejalashtirilmoqda. Aniq sanalar haqida yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, dedi Majid Karimov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil mudofaa vaziri: 'Hizbulloh' allaqachon mag‘lub bo‘lgan
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH razvedkasi xodimi qo‘lga olindi. U maxfiy ma’lumotlarni sizdirishda gumonlanmoqda
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi