Internet tarmog‘ida ichki ishlar organlari xodimlari yosh yigitlarni ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olayotganlari aks etgan video tarqalib ketdi. Bu bo‘yicha IIBB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1 iyun kuni taxminan soat 18.30 da Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari «Moviy gumbazlar» hiyoboni hududini patrullash davomida to‘plangan fuqarolarga o‘yin kartalari yordamida fokus ko‘rsatayotgan ikki nafar yosh yigitlarni ko‘rib qolishadi. Tomoshabinlar jamoat joyida bo‘la turib ijtimoiy masofani saqlamaganlar. Ya’ni, sanitariya-epidemiologiya qoidalari buzilib, inson salomatligiga xavf tug‘dirilgan. Shu sababli xodimlar yosh yigitlarga tanbeh berib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun bu kabi tomoshalar uyushtirmaslikni iltimos qilishgan.
Ammo 2 iyun kuni kechki payt PPX xodimlari yana o‘sha ikkita yigitni jamoat joyida tomosha ko‘rsatayotganliklarini ko‘rib qolishadi. Yigitlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan. Birinchi ogohlantirishdan keyin tegishli xulosa qilmagan yigitlar jamoat joyida tomosha uyushtirishda davom etganlar. Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari xodimlari ulardan eng yaqin bo‘limga shaxslarini aniqlash uchun va profilaktik suhbat o‘tkazish uchun borishni iltimos qilgan. Ammo yoshlardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysinmagan. Bo‘ysinmaganlik holati noma’lum shaxs tomonidan mobil telefon kamerasiga videoga tushirilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
Yigitlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazildilar. Ulardan biri bo‘lmish voyaga yetmagan yigit darhol qo‘yib yuborildi. Ikkinchisi esa, jizzaxlik 19 yoshli Oleg X. bilan karantin qoidalariga rioya qilish muhimligi borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgach, qo‘yib yuborildi.
Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi qoidalariga jiddiy qarashingizni so‘raymiz. Unutmang, karantin choralari yumshatilishi koronavirus xavfi bartaraf etilganidan dalolat qilmaydi. Ijtimoiy masofani saqlang, qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing, antiseptik ishlating, tibbiy niqob taqib yuring. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat bo‘ling. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi