Videolavhadan skrinshot
Bugun, 6 iyun kuni Andijonda bir yigit shaharning markaziy ko‘chasida (temiryo‘l vokzalining shundoq qarama-qarshi tomoni) o‘rnatilgan svetofor ustiga chiqib olganiga oid video tarqaldi. Uni qariyb 1 soat davomida tushishga ko‘ndirishga urinishgan.
Yigitning bunday xatti-harakat qilishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, u viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan ko‘rishmoqni xohlagan.
Voqelikka guvoh bo‘lgan Andijondagi manbamizga ko‘ra, u holatni telefoniga tasvirga olishga harakat qilgan. Biroq o‘sha joyda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIB xodimi qarshilik ko‘rsatib, (tasvirlarni) o‘chirtirib yuborgan.
Yigitga hech qanday shikast yetmagan. Tarmoqlarda tarqalgan videoda u yaxshi gapga ko‘nib, abjirlik bilan pastda – ichki ishlar xodimlari ushlab turgan to‘rga sakragani ham ko‘rinadi... “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi