O‘zbekistonda 7 iyun, yakshanba kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, 62 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, Toshkent shahrida 61 kishi, Navoiy viloyatida esa bir kishi tuzalgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 32 kishi tuzalgan bo‘lib, ularning 23 nafari erkaklar, 9 nafari ayollar; eng kattasi 56 yoshda, eng kichigi 2019 yilda tug‘ilgan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 kishi tuzalgan bo‘lib, ularning 8 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar; eng kattasi 41 yoshda, eng kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida — 3 nafari Toshkent shahridan, Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatilaridan 2 nafardan, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Armanistondan 1 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 kishi tuzalgan bo‘lib, ularning 4 nafari erkaklar, 8 nafari ayollar; eng kattasi 68 yoshda, eng kichigi 2018 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida — 8 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.
«Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1456 nafar tashkil qilmoqda», — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida (avvalroq ushbu tug‘ruq majmuasidagi koronavirusga chalingan 21 yoshli ayol 6 iyun kuni farzand dunyoga keltirgani haqida xabar berilgan edi. Chaqaloqda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan).
Navoiyda tuzalgan fuqaro — 28 yoshli erkak esa Zarafshon shahridan bo‘lib, viloyatda sog‘ayganlar soni 111 nafarga yetdi. Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 3330 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq jami holatlar soni 4181 taga yetgan. 15 martdan buyon 17 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?