
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlarda kasallikdan keyingi asoratlar qanday kechishi haqida ma’lumot berdi.
“Davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari bir necha omillarga bog‘liq: insonning immuniteti va surunkali kasalliklar.
Sog‘aygandan keyin bir necha hafta davomida quyidagi asoratlar uchrashi mumkin:
- tez yurish, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zo‘riqqanda nafas qisilishi;
- isitmasiz va balg‘amsiz yo‘tal;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi.
Shuning uchun davolangandan so‘ng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak”, dedi Otabekov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar