
Davlat ekologiya qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoroda qo‘ylarning dumbasini yeb ketayotgan yovvoyi hayvonni ushlashibdi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videodagi jonivor olakuzan (perevyazka) bo‘lib, xalqaro hamda «O‘zbekiston qizil kitobi»ga kiritilgan kamayib borayotgan tur hisoblanadi.
Qizilqum cho‘li, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzacho‘l va Qarshi cho‘li, G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalarining tog‘ yonbag‘irlarida, Surxondaryoning quyi qismi, Ohangaron daryosining yuqori qismida uchraydi.
Mazkur jonivor kemiruvchilar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifani bajaradi. Shu bois, olakuzanning qo‘y dumbasi bilan oziqlanishi to‘g‘risidagi xabar asossiz.
Ushbu jonivor Buxoro viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan tabiatga qo‘yib yuborildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar