
Mamlakatimizga olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan yashirib, bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etilgan hujjatlarga ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzilish holatlarini bojxonachilar o‘z vaqtida fosh etishdi.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga xorijdan temir yo‘l konteynerlarida kelgan yuklarni bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Natijada konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mlik 355 kg. velosiped ehtiyot qismlari va 1025 dona yig‘ilmagan holdagi tayyor ikki g‘ildirakli velosiped tovarlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar