Andijon viloyati Asaka tumanida o‘g‘riliklar sodir etib, pullarni talon-toroj qilgan 21 yoshli kelinchakning ushbu harakatlari fosh bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, 2020 yilning may oyida, 21 yoshli I.Y. Asaka tumani Yangiobod mahallasida yashovchi qo‘shnisi 35 yoshli Sh.U. ga chorva mollariga qarab qo‘yishini aytib, xonadonining kalitini qoldirib ketganidan foydalanib, yotoqxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 400 ming so‘m pul va bir dona planshetni yashirin ravishda o‘g‘irlagan.
Bundan tashqari, I.Y. 2020 yil 21 may kuni qo‘shnisi 18 yoshli J.K. bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘z xonadonida qaynonasi 47 yoshli O.Y.ga tegishli bo‘lgan 2 million 550 ming so‘m pulni yashirin ravishda talon-toroj qilib, ularni sherigi bilan o‘zaro taqsimlab olgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi