Majburiy ijro byurosi Shumanay tuman bulimi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor “Sho‘manoy agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan, ushbu jamiyatda ishlovchi 12 ta xodimning foydasiga 126 mln. 26 ming so‘m ish haqilarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushib, ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atildi va tomonlar tanishtirildi.
Mazkur ijro hujjatning ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalari xatlandi.
Shundan keyin, qisqa muddat ichida, sud buyrug‘ida belgilangan mablag‘lar Byuroning tuman bo‘limi maxsus hisob raqamiga undirildi va xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
Mazkur ijro hujjati amalda to‘liq bajarilganligi bois, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining 41 moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi