Bojxona idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarini yashirincha parvarishlash, tarqatish va sotish kabi qator huquqbuzarliklarga qarshi keskin choralar ko‘rilib kelinmoqda.
Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro T.M.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida va xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxsning xonadoni bog‘ida 2 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelinayotganligi, uyida esa giyohvand moddalarni iste’mol qilishda foydalanilgan 1 dona 0,5 litrlik yelim idish borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
Yana bir holatda mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro V.B.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida, fuqaro V.B. tomonidan hovlidagi tok tagida 2 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi yashirincha ekilib, parvarishlab kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin