23:49 / 12.06.2020
2 931

Toshkentdagi «Archa-ko‘cha»da yuz bergan pichoqbozlik ishtirokchisi janjal tafsilotlarini aytib berdi

Toshkentdagi «Archa-ko‘cha»da yuz bergan pichoqbozlik ishtirokchisi janjal tafsilotlarini aytib berdi
Toshkentdagi kichik halqa yo‘lining Shayxontohur tumanidan o‘tgan, xalq orasida «Archa-ko‘cha» nomi bilan tanilgan qismida 5 iyun kuni bir guruh yoshlar o‘rtasida janjal va pichoqbozlik yuz berishi oqibatida bir yigit vafot etgani va bu janjal nimadan kelib chiqqani, pichoqbozlikka aloqador bir necha shaxslar qo‘lga olingani hamda bu janjalda ishtirok etgan yana bir yigitning ahvoli og‘irlashgani haqida xabar berilgandi. Pichoqbozlik ishtirokchilaridan biri voqea tafsilotlarini aytib berdi.

Voqea ishtirokchisi — 23 yoshli Husan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, shuningdek, qasddan badanga yengil jarohat yetkazgani uchun 109-moddasi bilan bezorilikda ayblanib, sudlangan. Bosh prokuratura rasmiy kanali bu haqida videolavha havola qildi.

Videoda ishtirokchilardan biri voqea tafsilotlarini gapirib bergan. Husanning so‘zlariga ko‘ra, uning do‘sti Doston (gumonlanuvchi) sherigi Bobur bilan dorixona masalasida oldi-berdisi borligini aytgan. Ular Chilonzor tumanidagi «Sport buyumlari» do‘koni yaqinidagi xo‘jalik mollari do‘koniga borib, bita sotib olgan. Shundan keyin ular «Chilonzor» savdo majmuasiga borib, ikkita pichoq xarid qilgan.

Shundan so‘ng ular taksida Ko‘kchaga, Boburning uyiga borgan. Keyin esa ular birgalikda «Archa-ko‘cha»dagi Muzaffar ismli tanishlarining uyiga borgan. U yerda Doston va vafot etgan yigit Mehroj janjallashib qolgan.

Husanning aytishicha, u ikki yigitni ajratish uchun borganda Mehroj uning yuziga urgan. Husan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, Doston va Mehroj esa bir-birini quvib ketgan.

Shundan keyin Husan o‘zini himoya qilish uchun mashinadagi bitani qo‘liga olgan. Janjallashayotgan ikki guruh katta ko‘chaga chiqqan. Husan Mehrojning chap yelkasiga va qo‘liga urgan. Zarba natijasida Mehrojning qo‘lidagi pichoq tushib ketgan, Husan pichoqni olib, u bilan boshqa bir yigitning qo‘liga zarba bergan.

Uning aytishicha, janjal davomida Mehroj va Doston bir-biriga pichoq urgan.
Ayni paytda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi «Archa-ko‘cha»da yuz bergan pichoqbozlik ishtirokchisi janjal tafsilotlarini aytib berdi