date
views 722

SHHT Yevropaga Markaziy Osiyodan o‘tuvchi yangi transport yo‘lagi qurishni rejalashtirmoqda

SHHT Yevropaga Markaziy Osiyodan o‘tuvchi yangi transport yo‘lagi qurishni rejalashtirmoqda
Foto: AP
Shanhay hamkorlik tashkiloti “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Xitoydan Yevropaga “Yangi Osiyo-Yevropa transkontinental transport yo‘lagi” qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda SHHT bosh kotibi Vladimir Norov ma’lum qildi.

Yo‘lakning uzunligi 10 ming 900 kmni tashkil qiladi. U Markaziy Osiyo va Rossiya orqali o‘tib, Niderlandiyaning Rotterdam shahrigacha cho‘ziladi.

SHHT milliy va mintaqaviy integratsiya tashabbuslari o‘zaro bog‘liqligi uchun samarali maydoncha bo‘lib xizmat qiladi. Bu tashabbuslar orasida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, “Bir makon, bir yo‘l”, Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, Sankt-Peterburgni Mumbay porti bilan bog‘lovchi 7 ming km.dan uzunroq bo‘lgan “Shimol-Janub” Rossiya-Hindiston-Eron loyihasi bor”, deb ta’kidlab o‘tgan Norov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SHHT Yevropaga Markaziy Osiyodan o‘tuvchi yangi transport yo‘lagi qurishni rejalashtirmoqda