Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Andijonda yana 58 nafar bemor koronavirusdan tuzalgani va shu kungacha O‘zbekistonda kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 3758 nafarga yetgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 57 nafar, Andijon viloyatida esa 1 nafar, jami 58 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi», deyiladi xabarda.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1790 nafarga yetdi.
Andijon viloyatida tuzalganlar esa 178 nafarni tashkil qilmoqda, viloyat shifoxonasida 3 nafar bemor qolmoqda.
Bundan oldinroq Toshkentda 63 nafar bemor koronavirusdan tuzalgani xabar qilingandi.
Shunday qilib, bugun 121 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3758 nafarni tashkil etmoqda.
Shifoxonalarda 1060 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi