16:50 / 14.06.2020
2 901

Andijondagi tikuv sexida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Andijondagi tikuv sexida yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Andijon viloyati Xo‘jabod tumanidagi tikuv sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida 1200 kvadrat metr maydonga zarar yetgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 2020 yilning 14 iyun kuni, taxminan, soat 01:44 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xo‘jabod tumani «Mustahkam» MFYdagi E.Qosimov ko‘chasida joylashgan «Xo‘jarbod Fayz-M» MCHJ hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yong‘in oqibatida, taxminan, 1200 kvadrat metr maydonning ichki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlarga zarar yetgan.

Olovni o‘chirish uchun Andijon viloyati FVB rahbariyati boshchiligida 13 ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 02:15 da o‘rab olinib, 03:45 to‘liq bartaraf etilgan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli mazkur sexning yerto‘lasidagi qiymati 3 milliard so‘mlik tayyor mahsulotlar, 6 ta Isuzu avtobusi saqlab qolindi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Andijon viloyati FVB axborotida yong‘in yoki uning talafotlarini bartaraf etish vaqtida jarohatlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi tikuv sexida yong‘in sodir bo‘ldi (video)