Foto: O‘zA
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi O.I. Bekobod tumani hududidagi davlat chegarasidan noqonuniy o‘tib, O‘zbekistonga kirib kelgan vaqtida ushlangan. Uning yonidagi paket ichida 983 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari axborot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, DXX xodimlarining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahri tomon harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli avtomashina «Erkin» YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirildi. Avtomobil yukxonasida 452 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi va u mashinadagi yo‘lovchi 1983 yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan A.S.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi