09:43 / 15.06.2020
2 228

Markaziy bank: O‘zbekistonda aholi AQSH dollarini xarid qilishdan ko‘ra sotishni afzal ko‘rmoqda

Markaziy bank: O‘zbekistonda aholi AQSH dollarini xarid qilishdan ko‘ra sotishni afzal ko‘rmoqda
O‘zbekistonda aholi vakillari AQSH dollarini sotib olishdan ko‘ra uni sotishni afzal bilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Markaziy bank bergan ma’lumotlarda aks etgan, deyiladi Spot xabarida.

2019 yil davomida va 2020 yilning dastlabki ikki oyida valyutaning aholiga sotilishi uning xarid qilinishi hajmidan ko‘proq edi. Biroq mart oyiga kelib ushbu ko‘rsatkichlar deyarli tenglashdi. Aprelda esa vaziyat o‘zgardi.

Bunga xorijdagi migrantlardan kelayotgan pullar hajmining kamaygani va oxirgi 1,5 yil ichida eng kam ko‘rsatkichga yetgani sabablardan biri sifatida qayd etilgan.

Shu va boshqa omillar aholining dollar olishdan ko‘ra uni sotishga o‘tishiga turtki bo‘lgan. Mart oyida dollar sotuvining o‘sishi 45 foizni tashkil qilgandi, aprelning dastlabki 8 ish kunida bu ko‘rsatkich 28 foizga teng bo‘lgan.

Yakunda aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi va 1 AQSH dollarining qiymati 10 ming so‘mdan oshib ketdi, lekin may oyiga kelib vaziyat barqarorlashdi, jumladan, pulli o‘tkazmalarda o‘sish kuzatilib, aholi yana dollar sotib olishni boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank: O‘zbekistonda aholi AQSH dollarini xarid qilishdan ko‘ra sotishni afzal ko‘rmoqda