09:00 / 16.06.2020
1 543

Qibrayda uyida o‘q-dori yasagan 67 yoshli fuqaro aniqlandi

Qibrayda uyida o‘q-dori yasagan 67 yoshli fuqaro aniqlandi
Toshkent viloyatida uyida o‘q-dori yasagan va saqlab kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

07 iyun kuni tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazilgan. Unda Qibray tumani Tanovar ko‘chasida yashovchi 67 yoshli Q.T. xonadonida yashirin ravishda 19 dona 12x76 kalibrli ichi to‘ldirilgan butun patron, 9 dona 12x76 kalibrli gilza, ikki xil turdagi taxminan og‘irligi 100 gr yonuvchi kukunlar (porox) va har xil turdagi taxminan vazni 1,5 kilogrammni tashkil qiluvchi drob saqlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, o‘q-dori yasash uchun mo‘ljallangan 8 turdagi detal va moddalar musodara qilingan.

Sud ballistik ekspertiza xulosasi ko‘ra, fuqaro Q.T.ning uyidan olingan patronlar otish uchun yaroqli, gilzalar esa otish uchun yaroqsiz.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda uyida o‘q-dori yasagan 67 yoshli fuqaro aniqlandi