12:16 / 16.06.2020
2 028

Ehtiyot qismlar uchun mo‘ljallangan qutida kiyimlar yashirilganligi fosh bo‘ldi

Ehtiyot qismlar uchun mo‘ljallangan qutida kiyimlar yashirilganligi fosh bo‘ldi
Mo‘may daromad ortidan quvish insonni jinoyatga yetaklaydi. Shu o‘rinda har qanday qonunbuzarlik uchun jazo muqarrarligini anglab yetish muhim ahamiyatga ega.

Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro Ya.N. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda inspeksion ko‘rik vositasi yordamida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, avtomashina yarim tirkamasining ehtiyot qismlar uchun mo‘ljallangan qutisi ichida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati salkam 72 million so‘mlik jami 600 dona kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ehtiyot qismlar uchun mo‘ljallangan qutida kiyimlar yashirilganligi fosh bo‘ldi