16:00 / 16.06.2020
2 421

Toshkentda fuqaroni 50 metrga sudrab ketgan Lacetti haydovchisi ushlandi

Toshkentda fuqaroni 50 metrga sudrab ketgan Lacetti haydovchisi ushlandi
Kadr: Telegram
8 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida Lacetti haydovchisi o‘z avtomobilida bir fuqaroni bir necha metrga sudrab, voqea joyidan qochib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. MY5 kanalining «Hudud» dasturida ma’lum qilinishicha, qoidabuzar haydovchi IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Videodan ko‘rish mumkinki, Lacetti avtomobili orqaga harakatlanib, ochiq holda turgan Spark’ni turtib yuborgan, shuningdek, mashina ro‘parasidagi fuqaroning ustiga haydagan va uni bir necha metrgacha sudrab borgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Toshkentning Olmazor tumanidagi Gulsaroy va Qorasaroy ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Ertalab soat 09:00 larda yuzaga kelgan tirbandlik vaqtida Lacetti haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi tarafida harakatlanib, ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashuv sodir etishiga bir baxya qolgan.

«Qarama-qarshi yo‘nalishdan haydab keldi. Agar mashinamni trotuar tarafga olib qochmaganimda, kelib urilgan bo‘lardi. Oynani ochib, nega bunaqa qilayotganini so‘radim. Ayb unda bo‘lyapti, uzr so‘rasa bo‘ladi, u esa kechirim so‘ramadi. Mashinalarimizdan tushib, dahanaki janjallashib ketdik», — deydi Spark haydovchisi.

Jabrlanuvchining onasini so‘zlariga ko‘ra, Lacetti haydovchisi o‘g‘lini 50-60 metrgacha sudrab ketgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Lacetti avtomobilining 24 yoshli haydovchisi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan IIO FMB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fuqaroni 50 metrga sudrab ketgan Lacetti haydovchisi ushlandi