
Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 04.04.2020 yildagi 4-10-1916/278-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor tashkilotdan undiruvchi xorijiy korxona foydasiga 210.000 AQSH dollari undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga 23.04.2020 yilda kelib tushgan bo‘lib, davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 14094/14-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjati bo‘yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yib, undiruvchi foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 210.000 AQSH dollarini so‘mdagi qiymatida 2 mlrd. 108 mln. 267 ming so‘m pul mablag‘larini undiruvni qarzdorning hisob raqamlaridagi so‘m qiymatidagi pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risidagi qarorga asosan band solinib belgilangan tartibda undiruvchi xorijtiy korxona foydasiga to‘liq undirilib berildi.
Yuqoridagilarga asosan, ijro hujjati ish yurituvi tamomlanib, qarzdorga nisbatan solingan barcha taqiqlar bekor qilingan.
Toshkent shaharIqtisodiy sudQarzdor tashkilotXorijiy korxonaMajburiy ijroUndirish jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar