Byuroning Yashnabod tumani bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 04.02.2020 yildagi hal qiluv qarori asosida berilgan 2-1002-1921/33514-sonli ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdorlar M.F. va S.X.dan undiruvchi ATIB “Ipotekabank” foydasiga jami 138.812,9 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur undiruv esa 26.02.2020 yilda qo‘zg‘atilgan 101120008163-sonli ijro hujjati 16.01.2019 yildagi ipoteka shartnomasiga ko‘ra, garovdagi Toshkent shahar Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan bahosi 171.963,7 ming so‘m qilib belgilangan uyga qaratilgan. Bo‘lim davlat ijrochisi X.Qosimov tomonidan qarzdorlarga nisabatn ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Bundan tashqari, davlat ijrochisi tomonidan yuqoridagi qarzdorga tegishli bo‘lgan xonadon belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilib, band solingan. Lekin, undiruvchi ATIB “Ipotekabank”ning 11.06.2020 yildagi xatiga ko‘ra, qarzdor va undiruvchi o‘zaro kelishuviga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi