
Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
«Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Farg‘ona viloyatidan 6 nafar, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan», deyiladi vazirlik xabarida.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2097 nafarga yetdi.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 4166 kishi kasallikdan tuzalib chiqqan.
Sog‘liqni SaqlashKoronavirusToshkent TibbiyotTibbiyot AkademiyasiTashkilotlarBemorlarga Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar