11:21 / 20.06.2020
2 801

O‘zbekistonda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

O‘zbekistonda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.
Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 kvota berilgan.

Shuningdek, OTMlariga kirish uchun 2020 yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi. Xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi