4 190
Olimlar bemorlarda koronavirusning kechishi qon guruhi va naslga bog‘liqligini aniqlashdi
Yevropalik olimlarning fikricha, koronavirusning insonda og‘ir yoki yengil kechishi uning qon guruhi hamda nasliy xususiyatlariga bog‘liq.
“The New Englad Journal of Medicine” jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, A qon guruhiga ega odamlarning koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori va ularda ushbu kasallik og‘irroq kechadi.
Germaniyalik Doktor Andre Franke va Oslo universiteti kasalxonasida ishlaydigan Tom Karlson boshchiligidagi tadqiqotchilar Yevropada koronavirus o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan paytida uni qiyinchilik bilan o‘tkazayotgan bemorlarning turiga o‘xshash odamlarni topish uchun 4000 dan ziyod insonning genini o‘rganib chiqishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, geni turli xil nasllarning yig‘indisidan tashkil topgan bemorlarda COVID-19 og‘ir kechadi.Shuningdek,koronavirusning xavflilik darajasi A qon guruhiga ega bemorlarda boshqa qon guruhidagilardan 45 foizga yuqori bo‘ladi.
“Umid qilamizki, ushbu va boshqa kashfiyotlar "COVID-19"ni yaxshiroq tushunishimizga yo‘l ochadi. Shuningdek, ular nasliy tekshiruvlar va insonning qon guruhi bemorlarda koronavirusning qaysi darajasi bo‘lishi mumkinligi haqida foydali ma’lumotlarni olish imkonini beradi”, deydi AQSH Sog‘liqni saqlash milliy institutlari direktori Fransis Kollins.
Manba: xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik milliarderlar bir yilda qanchaga boyigani hisoblab chiqildi
Norilsk aeroportiga qoʻngan samolyot uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi
Isroil Hamasning yana ikki amaldori oʻldirilganini e'lon qildi
Vengriya Evropa Ittifoqidan milliardlab evro dotatsiya olish huquqidan mahrum qilindi
"Manchester Siti" Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda...
Blogerlar botinkasi teshik haydovchining qamalishi haqida: "Sabotaj hidi kelyapti..."
Oqilona iste'mol qilish sirlari...
AQSh va Xitoy mojarosi: Tramp davrida yuz beradigan ehtimollar