Hozirgi paytda ayrim fuqarolar koronavirus xavfiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ahamiyatini tushunishni istamay, karantin qoidalarini buzishmoqda. Bu kasallikning mamlakatimizda keng tarqalishi xavfini tug‘diradi. Shu bois sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunchiligimizda qat’iy javobgarlik belgilangan.
27 yoshli fuqaro Parvina Po‘latova shuni bilib turib, qoidaga amal qilmagan edi, oqibatda jazoga tortildi.
P.Po‘latova 2020 yil 2 aprel kuni Yakkasaroy tumanida hozirgi pandemiya davridagi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etmasdan, ya’ni yuziga tibbiy niqob taqmasdan ketayotganida hudud profilaktika inspektori uni to‘xtatadi va tanbeh berib, yuziga niqob taqib olishi kerakligini aytadi. P.Po‘latova esa inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan, uni haqorat qilib qochib ketadi.
Shundan so‘ng inspektor uning huquqbuzarligini rasmiylashtirish, qonunda belgilangan choralarni ko‘rish uchun ichki ishlar idorasiga olib kelish choralarini ko‘radi. Mazkur jarayonda P.Po‘latova o‘zini bosib olish o‘rniga inspektorga qarshilik ko‘rsatib, yengil jarohat yetkazadi. Hatto xizmat kiyimi va aloqa vositasini shikastlaydi. Idoraga kelganida ham janjalni davom ettirib, huquqbuzarlikni rasmiylashtirishga xalaqit berib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qiladi.
Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida ko‘rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi. Unga ko‘ra P.Po‘latovaga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Rasul Matxalikov,
Bosh prokuratura boshqarma
AMIB tergovchisi
Bosh prokuratura boshqarma
AMIB tergovchisi
Manba: Huquq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi