16:03 / 21.06.2020
3 056

MIB: qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi

MIB: qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi
Joriy yilning 19 iyun kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “MIB gaz va elektr uchun qarz undirish bilan shug‘ullangan xodimlarini qisqartirmoqda” nomli xabar tarqaldi.

Mazkur xabarda, Byuro organlarida xodimlar soni qisqartirilayotganligi sababli, Byuroning ayrim shahar va tuman bo‘limlarida xodimlarni qisqartirish hozirdanoq boshlab yuborilganligi, jumladan Byuroning Jizzax va Qashqadaryo viloyat boshqarmalari xodimlaridan mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishdan bo‘shashligi haqida ariza olinganligi ma’lum qilingan.

Ma’lumki, joriy yilning 18 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6010-sonli Farmoniga asosan Byuro organlari faoliyatidagi gaz va elektr uchun to‘lovlarni qabul qilish vazifa va funksiyalari Energetika vazirligi zimmasiga o‘tishi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirish mexanizmini amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, Farmonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi bo‘yicha vazifalar o‘tkazilishi, shuningdek elektr ta’minoti, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha Byuro organlarining vazifalari tugatilishi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ.ning va “Hududta’minot” AJ.ning tuzilmalari faoliyatiga jalb qilinadigan xodimlar, birinchi navbatda, Byuroning qisqartirilayotgan xodimlari hisobidan to‘ldirilishi belgilangan.

Shunga asosan, Byuro organlarida xodimlarning shtat soni o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2017 yildagi PQ-3016-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 63-bandiga asosan xodimlar xizmatni o‘tashlari tugatilayotganligi haqida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, xizmatdagi xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga asosan ish beruvchi bilan o‘rtalaridagi kelishuvga binoan yuqoridagi ogohlantirishni - muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirishlari mumkinligi tushuntirildi hamda boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqlari berildi.

O‘rganishda, joriy yilning 19 iyun kuni Byuroning Jizzax va Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tizimida, jumladan Kitob tuman tuman bo‘limida faoliyat olib borayotgan xodimlarning xizmatdan bo‘shatilmaganligi aniqlandi.

Hozirda, Byuroning qisqartirilayotgan xodimlarini Hududiy elektr tarmoqlari” AJ.ning va “Hududgazta’minot” AJ.ning tuzilmalariga qo‘shimcha jalb qilinadigan xodimlar hisobiga to‘ldirish yuzasidan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, kelgusida xodim xizmatdan bo‘shatilganda, unga mehnat qonunchiligidagi belgilangan moddiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha kafolatlari berilishi ham ta’minlanadi.

Majburiy ijro byurosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi