2 420
Toshkentda qimor o‘yinlari tashkil etilishi va o‘tkazilishi fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlariga poytaxtning Yashnobod tumanidagi bilyard klubida qimor o‘yinlari tashkil etilayotgani haqida xabar kelib tushdi. Tekshiruv natijasida ma’lumot tasdiqlandi.
Poytaxt IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur klub ko‘zdan kechirilganda 52 yoshli rahbar B.A. qimor o‘yinlari uchun binoda alohida xona ajratgani ma’lum bo‘lib, bu tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tizimli ravishda o‘tkazilishidan dalolat bergan.
Klubga Toshkent shahar IIBB xodimlari tekshiruv bilan kelganida, u yerda poker o‘ynovchi 6 kishi va klub ishchilaridan uch kishi – 48 yoshli M.I., 24 yoshli D.D. va muqaddam sudlangan 25 yoshli T.J. bo‘lgan.
Ashyoviy dalillar sifatida 2.700 AQSH dollari, 6.000.000 so‘m va “Poker” o‘yini uchun toshlar aniqlangan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278 moddasi (“Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi