
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23–24 iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.
Xabarda qayd etilishicha, tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq tomonlarning oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ularda O‘zbekiston—Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
24 iyunda II jahon urushidan Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi va Shavkat Mirziyoyev ularda ishtirok etadi.
Avval Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29 iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormaydi.
Shavkat MirziyoyevMoskva shahridaRossiya prezidentiG‘alaba paradigaO‘zbekiston—Rossiya hamkorligiII jahon urushiTantanali tadbirlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar