
Yurtimiz chegaralari orqali noqonuniy daromad ilinjida tovar-moddiy boyliklarining yashirib olib kelish holatlariga bojxona organlari xodimlari o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro A.Yu. boshqaruvida bo‘lgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtoulov kabinasi ichida bojxona nazoratidan yashirilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati salkam 33,5 million so‘mlik 708 dona parfyumeriya vositalarini qo‘shni mamlakatdan noqonuniy tarzda olib kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Noqonuniy TovarlarToshkent ViloyatiBojxona OrganlariParfyumeriya VositalariAvtotransport VositasiYashirin Olib Kelish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar