Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 92 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 6800dan oshib ketgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 24 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6847 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) qayd etilgan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha 185ta yangi holat qayd etildi, 28 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4588 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2240 bemor davolanmoqda, ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi