
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining tashabbusi bilan har payshanba tashkil etiladigan profilaktika kuni tadbirlari doirasida aholiga bepul niqob tarqatiladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 25 iyun kuni aholiga tarqatish uchun 30 mingdan ortiq tibbiy niqob tayyorlab qo‘yilgan.
Ma’lum qilishlaricha, bugungi profilaktika kunida niqob taqmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydi, faqat tushuntirishi ishlari olib borilib, ularga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan niqob taqdim etiladi.
«Hammani birgalikda karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiraylik. Virusni birgalikda yengamiz!», — deyiladi xabarda.






ToshkentNiqob TarqatishIchki IshlarProfilaktika KuniAholi BilanVirusni Yengamiz O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar