
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan ham fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan holda barcha xizmatlar bir darcha tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, to‘y va boshqa marosimlarni kamchiqim, karantin talablari asosida o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Ko‘pchilikka bu singari ortiqcha sarf-xarajat va dabdabalarsiz, ixcham to‘ylar ma’qul tushmoqda. Chunonchi, pandemiya bilan bog‘liq karantin davrida nikohdan o‘tgan 250 nafar fuqaroning 200 nafar kamchiqim to‘y qilishga roziligini bildirdi.
— Hamma gap kelin-kuyov va ular ota-onalarining tushunishida, - deydi to‘raqo‘rg‘onlik Muxtorali Ergashev. — O‘tgan hafta o‘g‘limni uylantirdim. Mahallar fuqarolar yig‘ini bosh turdi, mehmonlar va boshqa ishtirokchilar sonini o‘ttiz kishidan oshirmadik. Xarajat ham shunga yarasha bo‘ldi. Ilgari edi, qozon-qozon osh damlash, "ZAGS" kechasi-yu, kelin dugonalari ziyofati degan hashamlar. Mana, to‘yni bir kunda soddagina qilib o‘tkazsa bo‘larkan-u. Biror kim meni nega to‘yga chaqirmading, deb noligani ham yo‘q. Eng muhimi, yoshlarning bir-biriga muhabbati, qurgan oilasi mustahkam bo‘lsin.
Qo‘shimcha sifatida ta’kidlash joiz, Namangan viloyatining tuman va shahar FHDYO bo‘limlari tomonidan 2020 yilning o‘tgan davrida 41 028 ta fuqaroga xizmat ko‘rsatildi. Xususan, karantin davrining o‘ziga xos sharoitlariga qaramay 15778 fuqaroga tug‘ilish, 1244 fuqaroga nikoh guvohnomalari topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
Manba: Xs.uz
Fuqarolik HolatiTo‘y MarosimiSanitariya TalablariKamchiqim To‘ylarDavlat XizmatlariYoshlarga Muhabbat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar