19:25 / 25.06.2020
2 412

Navoiyda qo‘lbola oltin tangalarni 2250 dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

Navoiyda qo‘lbola oltin tangalarni 2250 dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura
Navoiy viloyatida qo‘lbola 10 dona oltin tangani 2250 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida ikki nafar fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan tangalarni muomalaga kiritib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 10 dona oltin tangani xaridor B.ga 2250 dollarga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir yakunida umumiy bahosi 24,4 million so‘m bo‘lgan 12 dona oltin tanga ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Bosh prokuratura
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda qo‘lbola oltin tangalarni 2250 dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi