Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 51 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 26 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7228 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Xorazm viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), qolgan 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
25 iyun kuni jami 276ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi.
Shuningdek, 192 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4877 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2331 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi