
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
A-373 Toshkent—O‘sh yo‘lida Isuzu yuk mashinasi hamda Howo ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 25 iyun kuni soat 09:50 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga ma’lumot kelib tushgan. Unda Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgan. Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.
Isuzu Yuk MashinasiHowo Yuk MashinasiQamchiq DovoniYo‘l Transport HodisasiTibbiy YordamFavqulodda Vaziyatlar Vazirligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar