27 iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Sergeli tumanlari hududida aholi orasida virus aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 27 iyun kuni Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan kasallanish holatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.
«Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari so‘nggi kunlarda sezilarli darajada oshdi, shuningdek, boshqa hududlarga qaraganda ham yuqori bo‘lib turibdi.
Avval xabar qilganimizdek, 26 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 iyun kuni esa 255 nafar bemordan 54 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 39 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, ham umumiy kasallanish ko‘rsatkichi biroz oshgan bo‘lsa, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa keskin o‘sganligini ko‘rish mumkin», deyiladi xabarda.
Jumladan, «O‘zbektelekom» kasaba uyushmasi xodimi J.X.da, Yunusobod tumanida yashovchi N.Ya.da (Shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan) va yana ushbu tumanda yashovchi 2 nafar fuqaro (Yunusobod dehqon bozoridan bir necha bor xarid qilgan), Olmazor tumanida yashovchi B.I.da (tana harorati ko‘tarilib, namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi B.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Uchtepa tumanida yashovchi N.A.da koronavirus qayd etilgan.
Shuningdek, «O‘rikzor» savdo majmuasining oziq-ovqat do‘koni sotuvchi F.X.da, Shayxontohur tumanidagi Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchisi F.R.da, Yunusobod tuman FXDYO bo‘limi mas’ul xodimi S.S.da, 1-son Respublika klinik shifoxonasida davolanayotgan bemor O.A.da, «Ipoteka» bank Shayxontohur filiali kassiri M.X.da, «Asaka bank» bosh ofisi xodimi A. D.da , Sergeli tumanidagi «Inter injenering» qurilish kompaniyasi xodimi T.K.da ham kasallik aniqlangan.
«Vaziyat tobora jiddiylashayotganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligi bois poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qoladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi