11:17 / 29.06.2020
2 760

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligiga oid yangi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligiga oid yangi qarorni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilingan.

Qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangicha tartib o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra:
  • import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchlilik (sifat) ko‘rsatkichlarini tekshirish maqsadida barcha turdagi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi. Bunda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan taqdim etilishi;
  • import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari, butlovchi qismlari takomillashtirilganda ham ularga qo‘shimcha funksiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etilishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishga ruxsat etilishi;
  • import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda laboratoriya asbob-uskunalari va o‘lchov vositalariga ega bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalariga sertifikat berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

2021 yil 1 yanvardan boshlab (ungacha ishlab chiqarilgan texnikalar bundan mustasno) yagona davlat reyestriga kiritilmagan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovchi qismlaridan foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligiga oid yangi qarorni imzoladi