Jizzax shahar hokimining 2020 yil 1 iyuldagi №796-sonli qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi.
«Sangzor.uz» nashri xabariga ko‘ra, shahar hududidagi 4ta mahallada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan.
«Shu munosabat bilan 2 iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. «Qaliya», «Bunyodkor», «Zilol» va «Madaniyat» mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida viloyatning Sharof Rashidov tumanida yashagan ikki kishi koronavirus tufayli vafot etgandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidan boshqa barcha hududlari, jumladan, Jizzax shahri ham «yashil» hudud sifatida belgilandi. 29 iyun kuni Jizzax viloyatida 5ta yangi holat (shundan 4tasi aholi orasida) qayd etildi. Shundan so‘ng viloyatning Do‘stlik va G‘allaorol tumanlarida karantin choralari kuchaytirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan