18:20 / 02.07.2020
955

MIB faoliyatidan: “hech kim bilmaydi” deya ish tutganlar adashadi

MIB faoliyatidan: “hech kim bilmaydi” deya ish tutganlar adashadi
Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan kunlik o‘tkazilayotgan tadbirlar mobaynida tarmoqlardan yashirin ravishda foydalanayotgan iste’molchilarning noqonuniy qilmishlari fosh etilmoqda.

Jumladan, Byuroning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan G‘ovazon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi F.Mamasidoqovga tegishli hovli va dala maydonlarning tarmoqlardan foydalanishi, to‘lov intizomiga rioya etilishi o‘rganildi.

Tezkor xodimlarda shubha uyg‘otgan simlar obdon ko‘zdan kechirilganda noqonuniy holatga duch kelindi. Ya’ni, elektr energiyasi hisoblagichiga ulangan simlarining ulanish sxemasi buzilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, tarmoqdan vaqtincha ajratildi. Fuqaroning ushbu noqonuniy xatti-harakati bilan ta’minotchi korxona yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinganda 2.150.600 so‘mni tashkil etdi.
Byuroning Norin tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir mobaynida ham yashirin tarmoqlardan foydalanayotgan iste’molchilarning huquqbuzarliklar aniqlandi.

Xususan, o‘tkazilgan tadbirlar mobaynida tumanning “Do‘mar” mahallasida yashovchi M.O‘tbosarovning xonadoni ko‘rilganlda tarmoqdan, hisoblagichdan tashqari ulanib foydalanayotgani, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Tohir Qosimov xonadonida “hech kim bilmaydi” deya yashirin tarmoq orqali ulanib, foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shu mahallada yashovchi M.Xoshimova xonadonida o‘tkazilgan ko‘rik mobaynida elektr energiyasi hisoblagichidan tashqari yashirin ulanib olgani tezkor xodimlari tomonidan fosh etildi. Har uchchala holat yuzasidan ham tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, Byuro organlari tomonidan tadbirlar 01 avgustga qadar davom ettiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)