2 620
Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Buxoro viloyatida Damas rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 iyul kuni soat 05:25 larda Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi (1988 yilda tug‘ilgan Y.P.) Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
«YTH natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi va 28 yoshli A.X. ismli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan», — deyiladi xabarda.
Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Avvalroq Toshkentning Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida 5 kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tez yordam xizmati to‘liq raqamlashtirilib, 150 ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobil 2020 yilning yanvar oyida foydalanishga topshirilgandi. 7 iyul kuni esa O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlar uchun yana 15 ta yangi reanimobil xarid qilgani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?