O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash maqsadida joriy qilingan karantin choralarini yumshatishni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Shu bois, so‘nggi vaqtlarda aholi orasida koronavirusni yuqtirganlar soni ortib bormoqda.
Respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Axborot va Ommaviy kommunikatsiya agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda shunday bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda sanitariya-epidemiologiya holati tobora jiddiylashib bormoqda. Biroq, oxirgi vaqtlarda choralar kuchaytirilmasa, respublikadagi vaziyat yanada chigallashishi mumkin.
“Karantin choralarini yumshatishni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Biroq, bu holatda davom etsak, vaziyat bundan-da chigallashishi mumkin”, - dedi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha bo‘lgan davrgacha karantin choralari qaytadan kuchaytirdi.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 11259 kishini tashkil etmoqda. Shundan 4100dan ortiq kishi davolanyapti. 7062 kishi davolanib chiqqan, 47 kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?