
Foto: «Mitc.uz»
Koronavirus kasalligidan davolanayotganlarni tibbiy xizmat bilan ta’minlovchi va ular haqida ma’lumotni o‘rganib turuvchi 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.
Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Respublikamizda koronavirusga qarshi karantin choralarni amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta’minlovchi, ular haqida ma’lumotni o‘rganib turuvchi 24 soat mobaynida ishlaydigan 1105 raqamli call-markazi tashkil etildi.
Mazkur call-markazi uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila a’zolariga tezkor va aniq axborot ko‘magini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.
Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.
KoronavirusTibbiy AxborotCall-MarkazKarantin ChoralarToshkent ShaharCOVID-19 Kasalligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar