Qashqadaryoda Gollandiya navi bo‘lgan noodatiy tarvuz yetishtirildi. Ushbu sariq tarvuzlar nafaqat ko‘rinishi, balki mazasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga o‘xshash, ta’mi ananasga yaqin.
«Qashqadaryo gazetasi» rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, chillaki sariq tarvuzlar ilk bor eksport qilinmoqda. Joriy yil vohamizda «Sunny Land Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilgan mazkur noodatiy tarvuz yaxshi hosil berdi va ilk partiya, ya’ni 4 tonna Rossiya bozorlariga yetkazib berildi. Keyingi partiya Latviya uchun hozirlanmoqda.
Latviya va rossiyalik importchilar talabiga muvofiq yetishtirilgan ushbu poliz ekinlari, oddiysiga qaraganda tezpishar bo‘lib, odatiy tarvuzlar hosili 90 kun kutilsa, bu nav 65 kunda tayyor bo‘ladi. Sug‘orish uchun esa kam suv sarflanadi.
Hafta oxirida sariq tarvuzlar mahalliy bozorlarimizga kilogrammi o‘rtacha 3500-4500 so‘mdan sotilishi rejalashtirilmoqda. Xorijga esa kilosi 55 sentdan sotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"