
Xalq bankining uchta filiali hozirda karantinga olingan bo‘lib, ushbu bank muassasalarida xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Xalq banki matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Andijon viloyati Kuyganyor filialida 59 kishi karantinga olingan, shundan 1 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Navoiy viloyati Nurota filialida barcha xodimlar test topshirgan, shundan 8 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozir filial vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.
Navoiy shahar filialida ham barcha xodimlar test topshirgan va natijasini kutmoqda. Hozircha 1 nafar xodimda infeksiya aniqlangan.
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani filialida ham xodimlar koronavirusga test topshirgan. Hech bir xodimda infeksiya aniqlanmagan. Karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettirmoqda.
Xalq banki karantin paytida o‘zingizni asrashni, uyda qolishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, pensionerlarimizning hayotini asrash maqsadida ular uchun pensiya va nafaqa pullari uyma-uy yurib tarqatilmoqda", deyiladi xabarda.
Xalq BankiKarantin OlinganKoronavirus InfeksiyasiAndijon ViloyatiNavoiy ViloyatiToshkent Viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar