
Koronavirusda issiq chiqmasligi ham mumkinmi, faqat tomoq og‘riq va ozroq yo‘tal bilan? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov javob berdi.
"Koronavirus infeksiyasini "simptomsiz" shaklida, ya’ni kasallik belgilarisiz o‘tadigan shakllarida tana harorati ko‘tarilmaydi yoki subfebril harorat bo‘ladi. COVID-19 asosan yoshlarda, immun tizimi yuqori odamlarda kasallik belgilarisiz kechadi, chunki immuniteti normal organizm virusning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatadi, lekin kasallikni simptomsiz shakllari atrofdagilar uchun xavfli hisoblanib, kasallikni tarqalishiga sabab bo‘ladi. Shuni nazarda tutgan holda tomoq og‘rig‘i va yo‘tal belgilari paydo bo‘lganida ham tibbiy yordamga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir", dedi Otabekov.
KoronavirusTibbiy YordamTomoq Og‘rigiYo‘tal BelgilariImmun TizimiKasallik Belgilarsiz O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar