
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zLiDeP a’zosi, xalq depututlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Gulnora Odilovaga oid video tarqaldi. Videoda "xalq vakili" Shahrisabzda yer ustida bir fuqaro bilan mojaroga kirishadi. “Menga buni Prezidentning o‘zi o‘ng qo‘llab “dokument” qilib beradi, ko‘rasan. Ana shu Prezident meni deputat qilibdimi, uning o‘zi to‘g‘ri qilibsan, deydi. Bundan battar qilgin, deydi. Senga kelib aytadi, aynan” deydi u.
«Qashqadaryo» gazetasining xabar berishicha, xalq deputatlari viloyat Kengashining reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida mazkur holat Gulnora Odilova ishtirokida muhokama qilindi.
Yig‘ilishda G.Odilova xatti-harakatlarini jahl ustida qilganini tan olib, adashganini, chin dildan pushaymonligini bildirib, butun saylovchilari va xalqdan uzr so‘radi.
Doimiy komissiya a’zolari bildirgan fikr-mulohazalar va munosabatlar asosida qaror qabul qilinib, xalq deputatlari viloyat Kengashi navbatdagi sessiyasida muhokamaga kiritish uchun taqdim etilgan.
Bu qashqadaryolik deputatlarning birinchi marta "huquqiy savodxonlik" borasida "qovun tushirishi" emas. Avvalroq xalq deputatlari Qarshi tuman kengashida deputat, maktab direktori Feruza Ahmedova sud qarori borasida “Daryo” muxbiriga intervyu berarkan, “Qaror qanday qilib O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqar ekan, ishni o‘zimizning Qarshi tumani ma’muriy sudi ko‘rib chiqqan-ku”, degan edi.
Qashqadaryo ViloyatiGulnora OdilovaXalq DeputatlariIjtimoiy TarmoqlarHuquqiy SavodxonlikMaktab Direktori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar