Foto: Senat matbuot xizmati
Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilganligi, sud xodimining esa do‘pposlanganligi holati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ham aks-sado berdi.
Senator Odiljon Iminovning ma’lum qilishicha, yuz bergan voqelik Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senatori tomonidan mutasaddilar ishtirokida o‘rganildi.
Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari ro‘yxati bayon etilgan edi. Ushbu ro‘yxatga sud tizimi ham kiritilgan.
Biroq jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi Ya. Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasida, Jarqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida, tuman markaziga kiraverishda blok postda to‘xtatilgan va postdan o‘tkazilmagan.
Shu vaqtda postda bo‘lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh postdan o‘tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirishga uringan. Ularga qo‘pollik qilib, avtomashina kalitini olib qo‘yib, sud xodimini vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qo‘ygan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha sud xodimlariga qasddan yengil tan jarohati yetkazish, sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirish, sudyaning xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzish va boshqa holatlarga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Mazkur holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olindi, deyiladi parlament yuqori palatasida saytida e’lon qilingan axborotda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi