17:23 / 15.07.2020
4 101

Vaksina sinovida qatnashganlar uning nojo‘ya ta’sirlari haqida so‘zlab berishdi

Vaksina sinovida qatnashganlar uning nojo‘ya ta’sirlari haqida so‘zlab berishdi
Foto: TASS
Xabar qilinishicha, vaksinaning birinchi partiyasi avgust o‘rtalarida tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi, sentabrdan esa uni ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi.

Sechenov universitetida o‘tkazilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etgan ko‘ngillilar uning qanday ta’sir qilgani haqida so‘zlab berishdi.

Sinovlarda qatnashgan Anna Gutkinaning aytishicha, vaksina bilan emlanganidan keyingi dastlabki ikki kun davomida uning tana harorati 38 darajaga ko‘tarilgan va qaltiroq tutgan. Bu holat paratsetamol yordamida bartaraf etilgan.

Yana bir ko‘ngilli Georgiy Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, u emlanganining birinchi kunida kechki payt boshi og‘rigan, ertalab esa tana harorati 37,5 darajaga ko‘tarilgan. U ham paratsetamol qabul qilganidan so‘ng harorati tushgan.

Avvalroq Sechenov universiteti xodimlari vaksinaning xavfsiz ekanligi isbotlanganligini xabar qilgandi. Qayd etilishicha, vaksinaning birinchi partiyasi avgust o‘rtalarida tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi, sentabrdan esa uni ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi.

Vaksinani sinashda qatnashgan ko‘ngillilarga 15 iyul kuni uylariga javob berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaksina sinovida qatnashganlar uning nojo‘ya ta’sirlari haqida so‘zlab berishdi