2 320
Shavkat Mirziyoyev 2020 yil oxirigacha 2,5 mln iste’molchini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul, juma kuni hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi ikki yilda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya sohasiga budjetdan 3,7 trillion so‘m ajratilgan. Bundan tashqari, 48 ta loyihaga 1,9 milliard dollar xorijiy kreditlar jalb qilingan.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, uch yil ichida 3,6 million aholiga suv yetkazish rejalashtirilib, mablag‘ masalasi hal qilib berilgan bo‘lsa-da, barcha muammolar oxirigacha o‘z yechimini topmagan.
Loyihalarni tanlashda joylardagi holat, aholining talabi va mavjud suv manbalari to‘liq o‘rganilmayapti. Kredit qaytimi budjet zimmasiga tushayotgani tarmoq va hudud rahbarlarini jiddiy o‘ylantirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbari loyihalarni amalga oshirish va xorijiy kreditlarni qaytarishdagi muammolarni ko‘rsatib, yangi qurilgan suv tarmoqlaridan to‘liq foydalanish, kelgusi yildan boshlab barcha loyihalarda ichimlik suvini xonadonlargacha ulash zarurligini ta’kidladi.
Iste’molchilar suv tarmog‘iga ulanmagani sababli daromadlar olinmayotgani uchun mas’ul rahbarlarning ishi tanqid qilinib, «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatiga yil yakuniga qadar jami 2,5 million iste’molchini tarmoqqa ulash vazifasi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?