Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatgan xabarlarga ko‘ra, bugun mahkama rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev (Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev hamrohligida) poytaxt aylanibdi. Bundan maqsad sayr-u sayohat emas, albatta. Keyingi bir necha kunda bosh kentning bir necha nuqtasida Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni qabul qilishga mo‘ljallagan maxsus joylar tashkil etildi. Bosh prokuror o‘sha maskanlarda bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechiribdi.
Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasida (Uchtepa tumani), Chilonzor tumanidagi «CARDIO STAR PLUS» MCHJda (bu joyda 50 nafar bemorlar uchun zahira o‘rinlar tashkil etilgan) bo‘lib, bemorlar uchun qanday sharoitlar yaratilgani, zarur uskuna va dori-darmon ta’minoti masalalari bilan qattiq qiziqqani ta’kid etiladi xabarda.
Yunusoboddagi «O‘zekspomarkaz»ga borishida shahar hokimi J. Ortiqxo‘javev ham hozir bo‘libdi. Tushunarli.
Albatta, favqulodda ko‘rilgan bunday choralar mamlakatimizda, ayniqsa, Toshkentda pandemiya bilan bog‘liq ahvol havasga qilgulik emasligidan dalolat beradi (bejizga mamlakat rahbari poytaxtdagi vaziyatni «sharmandalik!» deb baholamadi, axir?!). Vaziyatni barqarorlashtirish uchun qattiq harakatga tushilgani yaxshi, albatta. Bu borada bor imkoniyat ishga solinayotganiga ham bor gap. Shunga qaramay ko‘ngilda savol tug‘ildiki, vakolat doirasiga ko‘pam kirmaydigan bunday yumushlarga prokuratura organlari jalb etilayotgani hozirgi og‘ir paytda ularning quvvatidan samarali foydalanishmi yoki ayrim mas’ullarni xushyorlikda ushlab turishmi?
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Ayni savollar javobi Bosh prokurorning poytaxt aylanganiga oid xabarlarga sharh-izoh bo‘lishi e’tiboridan mahkama matbuot xizmati bilan bog‘landik. Savolni eshitgan Bosh prokuratura matbuot xizmati mas’uli avvaliga xushyor tortdi. So‘ng «xayolga kelmagan gaplarni topasizlar-a», degan mazmunda pisanda qilarkan, tizimda qonuniylik ta’minlashi masalasida shubha yo‘qligi aytdi, keyin qo‘shimcha qildiki, hozirgi paytda ishlarning «seniki-meniki»si bormi, umummanfaatga xizmat qiladigan masalalarga hamma birdek mas’ul-ku?!
Yaxshi javob bo‘ldi, gap yo‘q.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?